Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi
Olam
−
19 yanvar 2024 11814 1 daqiqa
Turkiyada "Kafes-31" operatsiyasi doirasida xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Turkiya huquq-tartibot idoralarining hamkorlikdagi operatsiyasi davomida bir necha mamlakatlarda qidiruvda bo‘lgan 42 nafar shaxs ushlangan.
Gumonlanuvchilar Germaniya, Ozarboyjon, Bosniya va Gersegovina, Eron, Shvetsiya, Finlyandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Rossiya, Turkmaniston va O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra Interpol ro‘yxatidan joy olgan.
Ali Yerliqoya o‘z sahifasida tutilgan o‘zbekistonliklarning soni va ismi-shariflarini ochiqlamagan. Faqat ularning uyushgan jinoiy guruhga a’zolik, noqonuniy qurol savdosi, giyohvand moddalar savdosi, qasddan odam o‘ldirish, noqonuniy migratsiya, moliyaviy firibgarlik, talonchilik va o‘g‘irlik, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi jinoyatlarga aloqadorligi keltirilgan.
Vazirning qayd etishicha, yangi yil boshidan beri Interpolning "qizil xabarnomasi" orqali qidiruvda bo‘lgan 114 kishi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Interpol qidirayotgan ikki o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025