Turkiyada karantinning asosiy talabi bekor qilindi
Olam
−
30 may 2022
3707Turkiya hukumati kecha, 29 may kuni majburiy niqob taqishni bekor qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy muassasalar bundan mustasno bo‘lib, ularda himoya vositalarini taqish majburiy xarakterga ega.
“Niqoblar endi majburiy emas, shifoxonalardan tashqari. Ammo orttirilgan tajribadan so‘ng biz odam gavjum yopiq joylarda, ayniqsa jamoat transportida niqob taqishimiz mumkin”, deb yozgan Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja Twitter’da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning keskin kamayishi fonida qabul qilingan.
Vazirning aytishicha, oxirgi uch kun ichida Turkiyada har kuni 100 dan kam infeksiya holati qayd etilgan.
LiveBarchasi