Turkiyada qurbonlik chog‘ida minglab odamlar jarohat oldi
Olam
−
17 iyun
12367Qurbon hayitining birinchi kuni Turkiyadagi tibbiyot muassasalariga 16 mingga yaqin kishi murojaat qilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Bu hayvonlar noprofessionallar tomonidan so‘yilganda sodir bo‘ladi”, deb yozgan Koja.
Unga ko‘ra, eng ko‘p jarohatlanganlar Anqarada bo‘lgan. Poytaxtda ularning soni 1,3 ming kishini tashkil qilgan. Istanbulda 840, Izmirda esa 416 kishi marosim chog‘ida turli darajadagi tan jarohatlarini orttirib olgan.
Bundan tashqari, “TRT Haber” telekanaliga ko‘ra, Istanbulda bir kishi qassobxonada yurak xurujidan vafot etgan. Yana bir kishi qassobxonaga borganidan keyin yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Turkiyada hayvonlarni so‘yish, bu ishni amalga oshirish uchun ajratilgan maxsus joylarda amalga oshirilishi kerak. Mahalliy aholi bu talabni tez-tez buzadi. Buning oqibatida esa minglab odamlar Qurbon hayiti kuni jarohat olishadi.