Turkiyada QQS stavkasi 8% dan 1% ga tushirildi. Erdo‘g‘an arzonchilikni talab qilmoqda

Biznes

image

Turkiyada bir qator muhim oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 8 foizdan 1 foizga tushirildi. Qaror bugun, 12 fevral kuni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan e’lon qilindi. 

Prezident Turkiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘plami mavzusida videokonferensiya orqali yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, yuqori inflyatsiyaga qarshi kurashish muhimligini ta’kidlab, yangi qaror imzolanganini e’lon qildi. 

“Jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi fonida ko‘plab mamlakatlarda inflyatsiya kuchaymoqda. Turkiya ham bu tendensiyaning ta’sirini his qilmoqda. Avvalroq biz milliy valyuta kursini barqarorlashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli qadamlar tashlagan edik. Bugun men bir qator muhim oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 8 foizdan 1 foizga tushirilishini e’lon qilaman”, deydi Turkiya rahbari. 

Prezident hukumatning bu qadami mamlakatdagi inflyatsiya darajasini pasaytirishiga ishonch bildirdi. 

Erdo‘g‘an tadbirkorlarni oziq-ovqat narxini kamida 7 foizga tushirishga chaqirdi. 

“Turkiya hukumati sarmoya, bandlikni oshirish, ishlab chiqarish va eksportni ko‘paytirish hamda tashqi savdoda profitsitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratgan holda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha aniq yo‘nalishni davom ettirmoqda”, deydi Turkiya rahbari. 

Ayni vaqtda Turkiya G‘aznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati 2022 yil 1 martdan boshlab iste’molchilarga mamlakatdagi eng yaxshi narxlarni kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing