Turkiyada qalbaki alkogoldan halok bo‘lganlar 19 nafarga yetdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy NTV telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 65 kishi shifoxonaga murojaat qilgan, ulardan 19 nafari vafot etgan. Uch kishi shifoxonadan chiqarilgan bo‘lsa, yana 43 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Huquq-tartibot idoralari soxta mahsulot sotgan do‘konni topishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda ushbu savdo nuqtasi yopilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiyada ommaviy zaharlanishning dastlabki holatlari joriy yilning 14 yanvar kuni aniqlangandi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 38 kishida zaharlanish belgilari qayd etilganini, ular orasida 26 nafar xorijlik borligini xabar qilgan. Tibbiyot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etganlardan 6 nafari O‘zbekiston fuqarosi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida bir kunda 5 nafar O‘zbakiston fuqarosi qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etgani va Istanbulda qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qalbaki alkogol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing