Anqarada qalbaki alkogol ichib o‘lganlar 54 kishiga yetdi

Olam

image

Turkiyaning Anqara shahrida qalbaki alkogol iste’moli ortidan vafot etganlar soni 54 kishiga yetdi, yana 40 kishi shahar shifoxonalarida reanimatsiyada qolmoqda. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Fevral oyi boshida Anqara viloyati gubernatori Vasip Shaxin poytaxt mintaqasida 33 ta o‘lim qayd etilganini aytgandi.

Ijtimoiy karta bilan alkogol va tamaki sotib olish taqiqlanadi north_east

Ijtimoiy karta bilan alkogol va tamaki sotib olish taqiqlanadi

Anqara Bosh prokuraturasi qalbaki spirtli ichimliklarning savdosi va ularning iste’moli oqibatida kelib chiqqan o‘limlar bilan bog‘liq tergovni davom ettirmoqda. Ishga Sud-tibbiyot ekspertizasi institutining qo‘shimcha toksikologik xulosalari kiritilgan. Hozirgacha tergov doirasida jami 28 nafar shaxs hibsga olingan, ulardan 25 nafari tergov davomida sud nazorati ostida ozodlikka chiqarilgan.

Yanvar oyi o‘rtalarida Turkiya OAVlari Istanbulda 90 ga yaqin odam qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilib, shifokorlarga murojaat qilgani va ularga metanoldan zaharlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Zaharlanish holatlarining deyarli barchasi asosan Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qiladigan hududda qayd etilgan. Qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va sotishda gumon qilinib, 15 nafar shaxs qo‘lga olindi, ulardan to‘rt nafari sud qarori bilan qamoqqa olindi. Istanbul hokimiyati qarori bilan shahardagi 60 dan ortiq muassasa yopildi va ularning qalbaki spirtli ichimliklar sotish litsenziyasi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etgandi va hayotdan ko‘z yumgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni 17 nafarga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' Anqara shifoxonalar Vasip Shaxin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing