Turkiyada ikki soatning ichida 3 ta zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
12 avgust 2023
19859Bugun 12 avgust kuni Turkiyaning Malatya viloyati Yeshilyurt tumanida ketma-ket uchta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4,8 magnitudali dastlabki silkinish mahalliy vaqt bilan soat 16:39 da sodir bo‘lgan. Oradan bir daqiqa o‘tib bu safar 4,5 balli yana bir zilzila qayd etilgan. 18:18 da esa 4,2 balli uchinchi silkinish yuz bergan. Zilzila kuchi qo‘shni hududlarda ham sezilib, aholi orasida vahima uyg‘otgan.
Uchala zilzial epimarkazi ham bir yerda, Yeshilyurt tumanida mos ravishda yer yuzasidan 6,35, 7 va 9,13 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
“Bir necha kundan beri larzaga kelyapmiz. Biz hali ham nima bo‘layotganini tushuna olmadik. Ikki marta zilzilani boshdan kechirdik. Bu kunlar bir-birining ustiga tushganda, bezovtalik muqarrar ravishda davom etadi. Hozircha koll-markazimizga hech qanday salbiy holat haqidagi ma’lumotkfh kelib tushmadi”, deydi viloyat hokimi Mehmet Chinar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahri va Marmar dengizi mintaqasida 7 va undan yuqori balli kuchli zilzila sodir bo‘lishi bashorat qilingandi. Shundan so‘ng mamlakat hukumati Istanbulni halokatli zilzilaga tayyorlashni boshladi. Xususan, shaharda kutilayotgan kuchli zilziladan eng og‘ir zarar ko‘radigan tumanlar ro‘yxati e’lon qilindi.
LiveBarchasi