Turkiyada fransuz josuslari qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka idorasi xodimlari Fransiya josuslarini qo‘lga oldi. Bu haqda "Karadeniz" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya razvedka boshqarmasi tomonidan bir necha oy davomida kuzatuvda bo‘lgan 3 nafar fransuz josusi maxsus operatsiya paytida qo‘lga olingan. Ushbu shaxslar Turkiyaga qarshi soxta hujjatlar tayyorlash va xorijiy razvedka xizmatlarining Turkiya immigratsiyasidan xabardor bo‘lishini ta’minlash vazifasini olgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Fransiya razvedkasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan asli suriyalik Ahmad Katiye ham qo‘lga tushgan. U Turkiyadan boshpana so‘rash jarayonida fransuz razvedkasining ushbu mamlakatga qarshi josuslik qilish taklifini qabul qilgani aytilmoqda. 

"Ushbu shaxslar Turkiyaga qarshi soxta ma’lumotlar tayyorlash orqali davlatni xalqaro maydonda qiyin ahvolga solishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, Turkiyaning Fransiya razvedkasi nazorati ostidagi nodavlat tashkiloti rahbarlari orqali qochqinlarga nisbatan qiynoqlar va inson huquqlari poymol qilinayotgani haqidagi da’volarni tarqatib, qora tashviqot olib borayotgani aniqlandi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning sakkiz viloyatida o‘tkazilgan xavfsizlik amaliyoti chog‘ida Isroil razvedka xizmatlarida ishlashda gumonlangan 33 kishi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing