Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘smir qiz O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi north_east

Rossiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 14 aprel kuni ortga qaytarildi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Aniqlanishicha, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. ismli qiz qonuniy vasiylarining roziligisiz, Turkiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish maqsadida Istanbul shahriga borgan. U o‘zbekistonlik tanishining tavsiyasi bilan Turkiyada tahsil olayotgan, A.D. ismli shaxs bilan bog‘langan.

Turkiyaga borganidan so‘ng S.S.ni A.D. kutib olgan va unga bosim o‘tkazib, uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. Qarshilik qilgan taqdirda esa uni mahalliy jinoiy guruhlarga topshirish bilan qo‘rqitgan. Hayoti xavf ostida qolganini anglagan qiz yordam so‘rab o‘zbek diasporasi vakillariga murojaat qilgan. Faollar tomonidan Bosh konsulxonaga olib borilgan va mazkur fuqaroning holati o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan. Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

Qiz Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kutib olingan va hozirda uni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 aprel kuni Turkiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing