Turkiyada emlanishni xohlovchilar turnaqator navbat hosil qildi (foto)

Olam

image

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja mamlakatda koronavirusga qarshi emlash uchun fuqarolar toifasi kengaytirilganini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, endi Turkiyada 55 va undan katta yoshdagi odamlar ham vaksina bilan emlanishi mumkin. 

Vazirning bayonotidan so‘ng, emlanishni istagan ko‘plab fuqarolar Anqaradagi emlash markazlarida uzun navbat hosil qila boshladi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada 12 milliondan ortiq odam vaksinaning birinchi dozasini olgan. 

Turkiyada fuqarolar Sinovac Biotech va Pfizer Biotech vaksinalari bilan emlanmoqda. 

So‘nggi bir hafta ichida Turkiyada koronavirus holati keskin yomonlashgan. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani uchun Ramazon oyining dastlabki ikki haftasida karantin choralari kuchaytirilgandi. 

Bugungi kunga kelib Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 4,3 million kishini tashkil etadi (dunyoda 7-o‘rin), shundan 36 mingdan ortig‘i vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing