Turkiyada dunyodagi eng keksa ayol topildi
Olam
−
30 iyun 2021
12603Turkiya fuqarosi Sheker Arslon shu yilning 27 iyunida 119 yoshga to‘ldi, agar bu rasman tasdiqlansa, u dunyodagi eng keksa ayolga aylanadi. Bu haqda “The U.S. Sun” xabar bergan.
Ayolning qarindoshlari u uzoq umr ko‘rishni 110 yil yashagan onasidan meros qilib olganini aytmoqda. Uning haydovchilik guvohnomasiga ko‘ra, Arslon 1902 yil 27 iyunda tug‘ilgan.
Turkiya fuqarosining olti farzandi va o‘n ikki nabirasi bor. Uning qizlaridan biriga ko‘ra, uzoq umr ko‘rishning siri ovqatlanish: Arslon faqat tabiiy mahsulotlar iste’mol qiladi.
“Hatto tug‘ilgan kunida ham stolda faqat tabiiy mahsulotlar bor edi: asal, pishloq, sariyog‘ va uyda tayyorlangan yogurt”, degan ayolning qizi.
Avvalroq, Hindiston sharqidagi Mizoram shtatida dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i — Ziona ismli erkak 76 yoshida vafot etgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi