Turkiyada bosh hakam sharmanda bo‘ldi (video)

Sport

image

Turkiya kubogi doirasida “Trabzonspor” - “Rizespor” o‘rtasidagi o‘yinda bosh hakam yo‘q VAR bilan suhbatlashib, ijtimoiy tarmoqlarda kulgi ostiga olindi.

Kecha, 26 fevral kuni Turkiya Ziraat kubogi doirasida “Trabzonspor” - “Rizespor” o‘rtasidagi bahsda bosh hakam Umut O‘zturk bir vaziyat bo‘yicha VARdagilarni tinglagandek ishora qildi. Ammo Turkiya kubogida VAR tizimidan foydalanilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 41 yoshli O‘zturk 2015 yildan beri Turkiya Superligasida hakamlik qilib keladi. U 2019 yildan FIFA referisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Galatasaroy” futbolchilarini maymunga o‘xshatgani uchun sudga berilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Trabzonspor Rizespor Turkiya kubogi VAR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing