Trabzondagi hodisadan so‘ng Fenerbaxche Turkiya chempionatini tark etishi mumkin
Sport
−
19 mart
6175“Fenerbaxche” Turkiya chempionatining 30-turida “Trabzonspor” muxlislari jamoa futbolchilariga hujum qilgani uchun Turkiya chempionatini tark etishga tayyor. Bu haqda klub o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klub direktorlar kengashi 18 mart kuni yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilish kun tartibida aynan 17 martga o‘tar kechasi Superliga o‘yinida sodir bo‘lgan voqea va turk futbolida sodir bo‘layotgan so‘nggi holatlardan kelib chiqib, jamoaning Superligani tark etish masalasini baholash ko‘zda tutilgan.
“Trabzonspor”ga qarshi o‘yin 3:2 hisobida istanbulliklar foydasiga hal bo‘lganidan so‘ng, “Fenerbaxche” futbolchilari maydon markazida g‘alabani nishonladi, bu esa mezbon muxlislarga yoqmadi va ular tribunadan maydonga chiqib keldi. Shundan so‘ng, mehmon futbolchilar va muxlislar ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur holat bo‘yicha Turkiyada 12 kishi hibsga olingani xabar qilingandi.
“Hozirgacha aniqlangan 12 nafar shaxsga nisbatan sud va ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda”, deydi Turkiya Ichki ishlar vaziri.
LiveBarchasi