Turkiya chempionatidagi holat bo‘yicha 12 kishi hibsga olindi

Sport

image

Turkiya huquq-tartibot idoralari mamlakat chempionatining “Trabzonspor” va “Fenerbaxche” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindagi tartibsizliklardan so‘ng 12 kishini hibsga oldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

“Hozirgacha aniqlangan 12 nafar shaxsga nisbatan sud va ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda”, deydi Yerliqoya.

17 mart kuni Turkiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Fenerbaxche” safarda “Trabzonspor”ni mag‘lub etdi (3:2). Final hushtagi yangragach, “Fenerbaxche” futbolchilari g‘alabani maydon markazida nishonlay boshladi, bu esa maydon egalari muxlislariga yoqmadi. Ular maydonga tushib, mehmon klub futbolchilari bilan mushtlashdi.

Ma’lumot uchun, “Fenerbaxche” Turkiya chempionati turnir jadvalida 79 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Trabzonspor” 49 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Fenerbaxche Trabzonspor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing