Turkiyada binolar qulashiga aloqador 600 dan ortiq kishi tergovga tortildi
Olam
−
26 fevral 2023
4953Turkiyada zilzila vaqtida qulagan binolar qulashiga aloqador 612 kishiga nisbatan tergov boshlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergov qilinayotgan shaxslar orasida qurilish pudratchilari, binolar egalari hamda menejerlar bor.
Mamlakat Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ning aytishicha, 612 gumonlanuvchidan 184 nafari hibsda. Ularga nisbatan sud jarayoni kutilmoqda.
"Binolarda dalillarning topilishi jinoiy tergov uchun asos bo‘lmoqda", deydi Bozdag.
6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida 173 mingta bino vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vayron bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi sifatsiz materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda qurilgan hamda davlat standartlariga javob bermaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Shu kundan beri ularning soni 6040 dan oshdi.
LiveBarchasi