Turkiyada avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor 

Olam

image

Turkiyaning Konya shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi avtohalokatda besh kishi halok bo‘ldi, yana 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda NTV kanali xabar bermoqda. 

Telekanal xabariga ko‘ra, bugun, 16 fevral kuni Konya-Adana magistral yo‘lidagi muz tufayli yuk mashinasi to‘siqqa urilib, yon tomoniga qulagan. 

O‘sha paytda yo‘ldan o‘tib ketayotgan yengil avtomobil haydovchisi unga yordam berishga to‘xtashga qaror qilgan, ammo yo‘lovchi avtobusi uning to‘xtab turgan mashinasini urib yuborgan. 

To‘qnashuv tufayli yengil mashina va avtobus ag‘darilib ketgan. 

Hodisa natijasida yengil avtoulovning ikki yo‘lovchisi va avtobusning uch yo‘lovchisi halok bo‘lgan, 38 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing