Turkiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08:45 641 1 daqiqa
Kecha, 1 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi, yana 26 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda “Mersin Haber” xabar berdi.
Avtobus Tekirdag‘ viloyatidan Antaliyaga ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqni buzib, avtobus bilan jarlikka tushib ketgan. Avtobus ichida yo‘lovchilar qisilib qolgan.
Antaliya gubernatori Hulusi Shahinning ma’lum qilishicha, avtobus burilishni uddalay olmagan va yo‘ldan chiqib ag‘darilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari. Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda. Avtobus salonida jami 34 kishi bo‘lgan.
Avtobus Buzlu Turizm kompaniyasiga tegishli ekani aytilmoqda. Hozir voqea joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ishlamoqda, mutaxassislar esa avariya sabablarini aniqlashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ichida 47 yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.
Live
Barchasi“Open budget” boshlandi
09:37