Turkiyada afg‘onistonlik ayol bolalarining ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirildi

Olam

image

Turkiyaning Isparta shahrida erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Qayd etilishicha, 28 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Fotima Rahmoniy 29 yoshli eri Muhammad tomonidan to‘rt farzandi ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Jinoyat sodir etgan er sud qarori bilan hibsga olingan.

Voqea 6 avgust kuni soat 02:15 atrofida Iskandar mahallasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Eri va ayol o‘rtasida noma’lum sababdan boshlangan janjal tezda zo‘ravonlikka aylangan. 

Qo‘shnilar xabar bergach, voqea joyiga politsiya va tez yordam yetib borgan. Fotima Rahmoniy hushsiz holda topilgan, tibbiy yordam bilan yurak urishi qayta tiklangan va u shahar shifoxonasiga olib borilgan. Ammo shifokorlar barcha sa’y-harakatlariga qaramay, ayolni qutqara olmagan.

Voqea paytida uyda 2–12 yosh oralig‘idagi to‘rt farzand ham bo‘lgan. Ular politsiya bo‘limiga olib ketilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Alacham tumanida erkak dastlab turmush o‘rtog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirgandi. Hodisaga guvoh bo‘lgan atrofdagilarning xabar berishi bilanoq, voqea joyiga sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yetib borgan. Tergov natijasida er-xotin voqea joyida vafot etgani aniqlangan. Er-xotinning farzandlari bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isparta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing