Turkiyada 96 soatlik komendantlik soati joriy qilindi

Olam

image
Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakat koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Xitoy va Erondan o‘zib ketdi north_east

Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakat koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Xitoy va Erondan o‘zib ketdi

Turkiya Respublikasida 4 kunlik komendantlik soatlari joriy qilindi. Bu haqda kecha, 20 aprel kuni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Maqsad — kasallanish holatini kamaytirish va Ramazon oyidan keyin odatiy hayotga qaytish“, deydi Turkiya rahbari.

Xalqqa murojaatida, Erdo‘g‘an​, komendantlik soati 23 aprel kuni kuchga kirishini va 26 aprel yarim tunda tugashini aytdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja rasmiy Anqaraning koronavirusga qarshi mamlakatda qo‘llagan choralari muvaffaqiyatga olib kelgani haqida aytib o‘tdi. Ammo shunga qaramay Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, bir oy muddatda mamlakatda 90 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 90 980 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 13 430 nafari sog‘aygan, 2 140 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 75 410 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing