Turkiyada 82 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda TIV Turkiyadagi O‘zbekiston Elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

Joriy yilning 18 iyul kuni Antaliyada 82 yoshli Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl tomonidan urib yuborilgan va voqea joyida vafot etgan.

Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Marhumning jasadi Antaliyada Istambulga olib keldi va bugun “Istambul-Toshkent” yo‘nalishi orqali Vatanga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

70

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing