Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib, halok bo‘ldi
3-sahifa
−
24 aprel
5396Istanbulda o‘zbekistonlik 53 yoshli erkak zinadan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1971 yilda Samarqandda tug‘ilgan fuqaro R.K. Turkiyaning Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashab, ishlagan. U aprel oyi o‘rtalarida ish joyida zinadan yiqilib tushib, hushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi shifoxonada morg bo‘limida saqlanmoqda. Uning yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullikning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘ralgan: (212)3232037, (212)3232036.
"Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildiramiz", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yigit boshqa bir o‘zbekistonlik tomonidan otib o‘ldirilgan edi.
LiveBarchasi