Turkiyada 5 balli zilzila va uning ortidan 20 ta yer silkinishi sodir bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Adana shahri Kozan tumanida kecha, 27 oktyabr kuni soat 20:07 da 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.

Adana gubernatori Yavuz Selim Kyoshgerga ko‘ra, hech qanday salbiy holatlar aniqlanmagan. Ba’zi qishloqlarda zilziladan keyin uzoq muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Qayd etilishicha, zilziladan 6 soat o‘tib 20 ta yer silkinishi kuzatilgan bo‘lsa, ularning eng kattasi 3,3 magnitudali bo‘lgan.

“Men Kozanning janubi-g‘arbiy qismidagi releflar faol ekani va bu hududda 5-6 balli yer silkinishi bo‘lishidan ogohlantirgandim. 2023 yil 6 fevraldan keyin mamlakatda ko‘plab zilzilalar sodir bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 2 yil ichida g‘ayritabiiy zilzila faolligi qayd etilgan”, deydi professor Sulaymon Pambal.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Turkiyaning Malatya shahri Kale tumanida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, oqibatda 187 nafar fuqaro jabr ko‘rgandi.

Mohinur Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing