Turkiyada 4 yoshli bolaning qornidan 13 dona magnit olib tashlandi
Olam
−
15:09
731Turkiyaning Yozgat viloyatida joylashgan kasalxonada 13 dona magnitli munchoq donalarini yutib yuborgan bola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 yoshli o‘g‘il bola magnitli munchoqlarni o‘ynayotgan paytida og‘ziga solib, yutib yuborgan. Shundan so‘ng, ota-onasi tezda shifokorlarga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu marjon odamlar orasida “bile magnit” yoki “bonjuk magnit” deb nomlanadi. Ushbu o‘yinchoq magnitlari o‘zining rang-barang va shirinlikka o‘xshash ko‘rinishi tufayli bolalar uchun xavfli holatlarga sabab bo‘lmoqda.
“Bu magnitlar oddiy magnitlarga qaraganda 5-10 barobar ko‘proq tortish kuchiga ega. Asosan o‘yin maqsadida sotiladigan bu magnitlar turli rang va yaltiroq ko‘rinishi bilan bolalarning diqqatini tortadi va ular tomonidan yutib yuborilishi mumkin. Biz laparoskopik usulda magnitning joylashgan o‘rnini aniqladik va 3-4 santimetr ichak to‘qimasining zarar ko‘rgan qismini olib tashlab, operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladik. Operatsiya davomida jami 13 dona rangli magnit olib tashlandi. Bemorga va uning oilasiga shifo tilaymiz”, degan kasalxonaning bolalar jarrohi Serkan Odabashi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada 5 yoshli qizning ichaklaridan 38 ta magnit donachalari topilgandi. Bursa viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, bola magnitli munchoqni o‘ynayotib, bilaguzukni yutib yuborgan. Vaziyatni anglab yetgan bolaning ota-onasi shifokorga murojaat qilgan.
LiveBarchasi