Turkiyada 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Olam

image

Turkiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarda 16 yosh chegarasini belgilash va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jazolarni qayta tartibga solishga doir chora-tadbirlarni yakunladi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyihadagi beshta turli qonunda o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, jami 17 moddadan iborat paket tayyorlangan. Ushbu paket ikki asosiy blokni o‘z ichiga oladi: “Bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashga oid tartiblar” va “Bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilishga oid tartiblar”. 

Raqamli xavflardan himoya qilish doirasida ijtimoiy tarmoq xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar 15 yoshni to‘ldirmagan bolalarga xizmat ko‘rsatmasligi nazarda tutilgan, ya’ni xalqaro miqyosda faol ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlarni 16 yoshdan kichiklar ishlatolmaydi. 

Bolalar jinoyatchiligiga oid qism 15–18 yosh oralig‘ida jinoyat sodir etgan shaxslarni qamrab oladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu yoshdagi shaxslarga jazo yengillashtirilgan tarzda qo‘llanilar edi. Yangi tartibga asosan, og‘ir jinoyatlar uchun beriladigan jazo muddatlari uzaytirilishi ko‘zda tutilmoqda: masalan, og‘irlashtirilgan umrbod jazo o‘rniga beriladigan 24 yillik qamoq jazosi 27 yilgacha, umrbod jazo o‘rniga tayinlanadigan 15 yillik qamoq jazosi esa 18 yilgacha oshirilishi mumkin.

Loyihada, shuningdek, jinoyat qasddan yoki og‘ir oqibatlarga olib kelgan holda sodir etilgan bo‘lsa, yoki shaxs ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan bo‘lsa, sud jazoni yengillashtirmaslikka haqli bo‘lishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Qanish Tuleushin Majlisda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya ChatGPT ijtimoiy tarmoqlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing