Turkiyada 14 futbolchini hibsga olish uchun order chiqarildi

Sport

image

Istanbul prokuraturasi Turkiya futbolida noqonuniy pul tikish bilan bog‘liq tergov doirasida 29 kishini, jumladan 14 nafar futbolchini hibsga olish uchun order chiqardi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gumonlanuvchilar orasida futbolchilardan tashqari “Galatasaroy” klubining sobiq bosh direktori Erden Timur ham bor.

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Ibrohim Hajiosmanog‘lu noqonuniy pul tikish faoliyati oqibatida Turkiyadan 50 milliard dollardan ortiq mablag‘ noqonuniy ravishda olib chiqib ketilganini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, ushbu tergov doirasida  1024 nafar futbolchi tekshiruvga tortilgan. Ularning 102 nafari 45 kundan bir yilgacha bo‘lgan muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TFF mamlakatda davom etayotgan pul tikish bo‘yicha tergov doirasida gumonlanayotgan “Galatasaroy” himoyachisi Eren Elmalini milliy terma jamoa tarkibidan chiqarib tashlaganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya pul tikish “Galatasaroy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing