Turkiyada 10-qavatdan o‘zini tashlagan o‘zbekistonlik bo‘yicha ma’lumot berildi. Qiz 18 yoshda bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Turkiyaning Izmir viloyati Qarshiyaka tumanida o‘zbekistonlik ayol o‘ninchi qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu voqeani rasman tasdiqladi. 

Turkiya mahalliy matbuoti tomonidan tarqatilgan dastlabki ma’lumotlarda ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlagan o‘zbekistonlik 28 yoshda bo‘lgani aytilgan edi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbon bo‘lgan fuqaro 18 yoshda bo‘lgan. 

“O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2002 yil 21 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.B.ning 2021-yil 2 yanvar kuni Izmir muzofoti (Turkiya Respublikasi) Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining o‘ninchi qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqladi”, deyiladi TIV axborotida.  

Qayd etilishicha, ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bo‘yicha tergov jarayonini boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova ham Turkiyaning Anqara shahrida Buyuk Millat Majlisining “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan depututati Shirin Unalning xonadonida sirli o‘lim topgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

1051

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing