Turkiyada hokim otib o‘ldirildi
Olam
−
04 noyabr
7323Turkiyadagi Qirqqal’a viloyatining Balisheyh tumani hokimi Hilmi Shen va haydovchisi qurolli hujum oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qirqqal’a viloyatining Balisheyh tumani hokimi xizmat mashinasida ketayotganda, bir necha fuqaro ularning yo‘lini to‘sib, quroldan o‘q uzgan.
Hujumni uyushtirgan shaxs Hilmi Shenning jiyani Erdem Shen ekani ma’lum bo‘lgan. Jiyanning aytishicha, Hilmi Shen uni ishga olishga va’da bergan va va’dasini bajarmagan.
Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng Qirqqal’a shahriga ko‘chirilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramay ularni qutqarib bo‘lmagan.
“Hujum oqibatida yaralangan 3 kishi shifoxonada davolanmoqda. Gumondor Erdem Shen hibsga olindi”, deyiladi xabarda.
Qirqqal’a gubernatori Mehmet Makas shifoxona oldida jurnalistlarga bayonot berdi.
“Dastlab ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan, shundan so‘ng bu qurolli janjalga aylangan. 5 nafar yaralangan kishi shifoxonamizga yotqizildi”, degan shahar gubernatori.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning Istanbul shahri Sultongazi tumanida fuqaro Horun Kochak uyida janjallashib qolgan singlisi Oysha Kochakni qurol bilan otib o‘ldirgandi. Tushunmovchiliklar oqibatida Horun hojatxonaga kirib, qurolni tayyorlayotganida, to‘satdan quroldan o‘q otilgan. Oysha Kochak va boshqalar Horun o‘z joniga qasd qildi deb o‘ylab, hammom tomonga yugurgan. Horun Kochakning qo‘lidagi qurolni ko‘rgan aka-uka qurolni olib qo‘ymoqchi bo‘ladi va miltiqdan yana o‘q uziladi. Quroldan otilgan o‘qlar Oysha Kochakning boshiga tegib, u voqea joyida halok bo‘ladi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
04 noyabr