Turkiya YeIga kirishni tezlashtirish uchun Germaniyadan yordam kutyapti – Erdo‘g‘an
Olam
−
11 iyul
3841Kecha, 10 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “Anadolu“ xabar berdi.
Uchrashuvda Turkiya rahbari G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish imkoniyatini boy bermaslik uchun Isroilga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidlagan. Erdo‘g‘an mojaroning mintaqaga tarqalishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish kerakligini ham aytgan. Shuningdek, u yig‘ilishda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini tezlashtirish uchun Germaniyadan yordam kutayotganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun AQSHga jo‘nab ketgandi.
LiveBarchasi