Turkiya va Suriya munosabatlari Moskvada muhokama qilindi
Olam
−
10 may 2023
4585Turkiya, Rossiya, Eron va Suriya diplomatiyasi rahbarlari Moskvadagi muzokaralarda Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun yo‘l xaritasini tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron diplomatiyasi rahbari Husayn Amir Abdullohiyyan va Suriya TIV rahbari Faysal Mikdod ishtirok etgan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, vazirlar Moskvadagi uchrashuvning ijobiy va konstruktiv xarakterga ega ekanligini qayd etib, to‘rt tomonlama formatda aloqalarni davom ettirishga qaror qilganliklarini bildirgan.
Muhokamalar ishtirokchilari Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekanliklarini, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasi talablari va Ostona formatida berilgan bayonotlar asosida terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishga tayyor ekanini tasdiqlagan.
To‘rt tomonlama uchrashuv ishtirokchilari qochqinlarning Suriyaga ixtiyoriy, xavfsiz va munosib tarzda qaytishi jarayoniga ko‘maklashish muhimligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi