Turkiya va Rossiya o‘zaro savdoda “barter” uslubiga qaytishi mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya va Rossiya "barter"ga qaytish va savdo-iqtisodiy munosabatlarda milliy valyutalardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Turkiya-Rossiya ishbilarmonlar kengashi rahbari Izzat Ekmekchiboshi “Dunya” gazetasida ma’lum qilgan. 

Barter savdosidan ikki davlat 1980-yillarning oxirida muvaffaqiyatli foydalangan, deydi tadbirkor. 

“Rossiya bilan savdo avvallari milliy valyutalarda olib borilgan, biroq uning miqyosi ahamiyatsiz edi. Savdo hajmini oshirish uchun har ikki davlat o‘zaro kafolatlarni oshirishi kerak. Agar ular 5 milliard dollar miqdorida taqdim etilsa, turk lirasida 5 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishimiz mumkin bo‘ladi”, deydi ishbilarmonlar kengashi rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritilgandan so‘ng G‘arb kompaniyalarining Rossiya bozoridan chiqib ketishi Turkiya uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

“O‘tgan yili Rossiyaga eksport hajmi qariyb 6 milliard dollarni tashkil etdi, bu hajmga joriy yilda erishish mumkin, hattoki bu ko‘rsatkichlardan oshib ketish imkoniyatlari ham bor”, deydi turkiyalik tadbirkor. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an avvalroq Anqara Moskvaga o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tishni taklif qilgani, turizm sohasida va turk lirasida hisob-kitoblarni oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini aytgan edi. 

Rossiya va Turkiya o‘rtasida 2019 yil oktyabr oyida milliy valyutalarda hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Shartnoma, shuningdek, Rossiyaning Mir kartalarini Turkiyada qabul qilish infratuzilmasini yanada kengaytirish va turk banklari va kompaniyalarini SWIFT’ning ruscha analogi bo‘lgan Rossiya Bankining moliyaviy xabar almashish tizimiga ulanishini ham nazarda tutadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing