Turkiya o‘zining sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi (video)

Texnologiya

image

Turk muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan Türksat 6A deb nomlangan birinchi mahalliy sun’iy yo‘ldosh kecha, 8 iyul kuni Turkiya vaqti bilan soat 02:30 da Space X Falcon 9 raketasi bilan 40-raketa majmuasidan koinotga yuborildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Türksat 6A aloqa sun’iy yo‘ldoshi Florida shtati Kanaveral burnidagi AQSH havo kuchlari stansiyasidan uchirilgan. Florida shtatidagi Cape Canaveral kosmodromida o‘tkazilgan Türksat 6A sun’iy yo‘ldoshining uchirish marosimida mamlakat Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li, Mudofaa sanoati kengashi rahbari Haluk Go‘rg‘un, Türksat kompaniyasi bosh direktori Hasan Huseyin Ertok ishtirok etgan.

Bildirilishicha, bir necha marta noqulay ob-havo sharoiti tufayli parvoz kechiktirilgan, shunga qaramasdan uchirish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Türksat 6A uchirilganidan taxminan yarim soat o‘tgach, raketadan ajralib chiqadi. Birinchi signal sun’iy yo‘ldosh raketadan ajralganidan keyin taxminan 70 daqiqadan so‘ng qabul qilinishi kutilmoqda. Türksat 6A fazoga muvaffaqiyatli uchirilgandan so‘ng, orbita va quyi tizimlarning barcha nazorati stansiyalar orqali amalga oshiriladi va sun’iy yo‘ldosh 42 daraja sharqiy uzunlikdagi orbitasiga kosmik sayohatini boshlaydi. Orbitaga kirgandan so‘ng, orbital sinov bosqichi boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya sun'iy yo'ldosh Türksat 6A

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing