Turkiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
O‘zbekiston
−
27 Fevral 2025 3761 1 daqiqa
Bugun, 27 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutashdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda.
“Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr
16 Noyabr
Iordaniyada Telegram bloklandi
16 Noyabr