Estoniya ham O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
19 fevral 1666 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchi va vazir O‘zbekiston-Estoniya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilgan. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan.
“Janob elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskes O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr