Estoniya ham O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
19 fevral
859Bugun, 19 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchi va vazir O‘zbekiston-Estoniya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilgan. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan.
“Janob elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskes O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

