Turkiya o‘rmonlarini terrorchilar yoqyaptimi? Erdo‘g‘an bir kishi ushlanganini e’lon qildi

Olam

image

Turkiyada dahshatli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Mamlakatning qator viloyatlarida yong‘in yuz bergan hududlar ortib bormoqda. Turkiyada yong‘inlar avj olishi bilan mamlakat Ichki ishlar vazirligi surishtiruv boshlagan edi.

“Daily Sabah” nashrining yozishicha, jamoatchilik orasida yong‘inni Kurdiston ishchi partiyasi (PKK – Turkiyada terrorchilik harakati sifatida tan olingan) tomonidan uyushtirilgan degan fikrlar urchimoqda. Mamlakatda terrorchi-o‘t qo‘yuvchilar o‘rmon yong‘inini uyushtirgani aks etgan video e’lon qilindi. Kadrlar patrul dronlarida suratga olingan.

Yong‘inlar PKK bilan bog‘liq ekani aytiladigan va Turkiyada bir nechta yirik yong‘inlar bilan tanilgan “Olov bolalari tashabbusi” guruhi tomonidan uyushtirilgani aytilmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kecha, 31 iyulda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishga aloqadorlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

“Marmarisdagi yong‘inni bolalar boshlagani ma’lum. Boshqa yong‘inlar bo‘yicha surishtiruv davom etyapti. Milasda yong‘inlarga aloqador bir kishi ushlandi. Men aytganimdek, terrorchi tashkilotlar yetakchilari o‘tgan yili o‘rmonlarga o‘t qo‘yishga ko‘rsatma bergandan keyin o‘rmon yong‘inlari maydoni 2 marta oshdi. Hozirgi yong‘inlardan ba’zilari ushbu buyruqlarga ko‘ra yuz berganini istisno qilmaymiz. Bizning burch – o‘rmonlarni va o‘pkalarimizni yoqqanlarni aniqlash va ularning yuragini sug‘urib olish”, deb aytgan Erdo‘g‘an Marmaris shahridagi matbuot anjumanida.

“Olov bolalari tashabbusi” guruhi yong‘inlar uchun rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq PKK’ning yuqori martabali a’zosimurat Karayilan o‘z bayonotida yong‘inlarni “mamnuniyat” bilan tilga olgan.

Kecha, 31 iyul  holatigako‘ra, Turkiyada 98 ta yong‘inlarning 88 tasi bartaraf qilingan. Qolgan 10 tasini ham o‘chirishi ishlari olib borilayotgandi.

Mutaxassislarning fikricha, o‘rmon yong‘inlarining asosiy sabablaridan biri bu mintaqadagi yuqori harorat va kuchli shamol bo‘lib, bu yong‘in tarqalishiga xizmat qilmoqda.

Turkiya olov ichida

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. To‘rt kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 180 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan. 

Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing