Turkiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishi kerak – Zelenskiy
Olam
−
18 fevral 5030 1 daqiqa
Bugun, 18 fevral kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Turkiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Ukraina tinchlikka intilayotganini, ammo mojaroga barham berish uchun mamlakat hamkorlaridan ma’lum xavfsizlik kafolatlariga muhtojligini aytdi. Bu haqda “Star” xabar berdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Turkiya va boshqa davlatlardan xavfsizlik kafolatlari berilishini kutmoqda.
“Biz bu xavfsizlik kafolatlarini butun Yevropa, jumladan, Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va Turkiya tomonidan berilishini istaymiz”, degan Ukraina rahbari.
U, shuningdek, Turkiya Rossiya-Ukraina mojarosida muhim vositachi rol o‘ynashini ta’kidlab, mahbuslarni almashishda ko‘rsatgan yordami uchun Turkiya va uning rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirgan.
Qolaversa, Zelenskiy ukrainaliklarni uylariga qaytarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari Ukraina uchun muhim ekanini yana bir bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Zelenskiyga Turkiya safarida hamrohlik qilayotgan rafiqasi Yelena Zelenskaya esa Turkiya birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.
Live
Barchasi