Turkiya Ukraina uchun Rossiya bilan urushmaydi – “Bloomberg” 

Olam

image

Turkiya Rossiya va Ukraina ishtirokida harbiy harakatlar boshlangan taqdirda Kiyev tomonida Moskva bilan ziddiyatga kirishishdan manfaatdor emas. Bu haqda “Bloomberg” ismi oshkor etilmagan Turkiya rasmiysiga tayanib xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Anqara NATO a’zosi hisoblanishi va Ukraina tomoni bilan Bayraktar TB2 dronlarini sotish borasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirganiga qaramay bu urushga kirmaydi.

“Turkiya Ukrainadagi qadamlarini Vashington bilan muvofiqlashtirmaydi, balki o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun mustaqil harakat qiladi”, deyilgan manbada. 

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, Turkiyaning Rossiyaga harbiy jihatdan qarshilik ko‘rsatishni istamasligi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning “manevr qilish” bilan ajralib turadigan tashqi siyosatini aks ettiradi. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya G‘arb va Ukrainaning “tajovuzkor harakatlar” haqidagi ayblovlarini qayta-qayta rad etib, hech kimga hujum qilmoqchi emasligini ta’kidlagan. Moskva “Rossiya agressiyasi” haqidagi bayonotlar Rossiya chegaralari yaqinida ko‘proq NATO harbiy texnikasini joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanilmoqda, deb hisoblaydi. 

Avvalroq, agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Vashington Moskvaga qarshi keng miqyosli iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga tayyor ekani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Ukraina

Baholaganlar

325

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing