Turkiya UEFA'ning Demiral borasidagi qarorini noxolis hisobladi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) Turkiya terma jamoasi futbolchisi Merih Demiralni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan Turkiya fuqarolarining hafsalasi pir bo‘lgan va Turkiya tomoni bu qarorni noxolislik deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida ma’lum qildi.

“UEFA terma jamoamiz futbolchisi Merih Demiralni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilganidan afsusdamiz, yurtimizdagi va xorijdagi barcha fuqarolarimizni chuqur xafa qilgan bu qaror Yevropaning ayrim davlatlarida noxolis harakatga moyillik kuchayib borayotgani haqidagi fikrni kuchaytirdi”, deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi “xalqaro sport tadbirlari jamiyatlar va mamlakatlarni bir-biriga yaqinlashtirish maqsadida tashkil etilganini” qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tomoni Demiral ishi bo‘yicha apellyatsiya bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Merih Demiral

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing