Turkiya Tog‘li Qorabog‘ga harbiylarini yubordi

Olam

image

Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni nazorat qilish markazi qurish bo‘yicha kelishuv doirasida Ozarboyjonga 60 harbiysini jo‘natdi. Bu haqda Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ma’lum qildi.

“Hozirda personalimizdan 60 kishi Ozarboyjonga jo‘natildi. Uch tomon o‘rtasida markaz qurish bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishilgan. Faqatgina qurilishga, personalni joylashtirishga taalluqli bir qator masalalarni hal qilish qolmoqda. Odamlarimiz u yerda ruslar bilan birga ishlashadi. Ularning hududda qolishlari muddati borasida Rossiya tomoni bilan gaplashamiz”, degan vazir.

Akarning so‘zlariga ko‘ra, ishlarni turk va rus generallari hamkorlikda boshqarib boradi.

Shuningdek, Tog‘li Qorabog‘dagi yarashuv ortidan rossiyalik harbiylardan tashqari, Turkiya qurolli kuchlarining “30 dan 60 gacha vakili” kuzatuv olib boradi.

“Ular ruslar bilan birga o‘t ochishni to‘xtatish rejimining ta’minlanishi uchun barcha zarur ishni amalga oshirishadi”, deb ta’kidlab o‘tgan Turkiya mudofaa vaziri.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Armaniston aholisi ushbu shartnomani mag‘lubiyatnitan olish sifatida qabul qilib, Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing