Turkiya Suriya va Iroqda 184 terrorchini zararsizlantirdi

Olam

image

Turk Qurolli kuchlari Suriya va Iroqda olib borgan “Panjali qilich” amaliyotida ikki kun davomida 184 nafar terroristni zararsizlantirdi. Bu haqda kecha, 21 noyabr kuni Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi. 

"Panjali qilich” operatsiyasi boshlanganidan buyon 184 nafar terrorist samolyotlar va quruqlikdagi otishma yordami bilan yo‘q qilindi. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich oshadi. So‘nggi terrorchi yo‘q qilinmaguncha kurashimiz davom etadi", deydi u.  

Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan ta’minlandi. Zarbalar Kurdiston ishchilar partisi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat,  Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi. 

Turkiya matbuotiga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari Turkiya bilan chegaradosh shaharlar Suriya tomonidan o‘qqa tutilishi ortidan 21 noyabr kuni Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing