Turkiya Sochi muzokaralari haqida BMTga axborot beradi

Olam

image

Turkiya yaqin kunlarda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida Sochida bo‘lib o‘tgan muzokara natijalari haqida BMTga axborot beradi. Bu haqda mahalliy diplomatik manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

“Kelgusi kunlarda Turkiyaning BMT bilan g‘alla koridorini qayta tiklash bo‘yicha birgalikda tayyorlangan takliflar paketi bo‘yicha aloqalarini kutishimiz kerak. Bu, albatta, Turkiya va Rossiya yetakchilari o‘rtasidagi tashabbuslarning tabiati va ularni muhokama qilish darajasini hisobga olgan holda, yuqori darajadagi muloqotlar bo‘ladi”, degan agentlik suhbatdoshi.

Shuningdek, u Sochidagi g‘alla kelishuvini qayta tiklashga qaratilgan muzokaralarga Anqara o‘zini tiygan optimizm bilan yondashganini qo‘shimcha qilgan.

“Rossiya o‘z shartlari bajarilmaguncha kelishuvga qaytishdan ma’no ko‘rmaydi. Turkiya esa, bir tomondan, global oziq-ovqat inqirozini yengib chiqishga qaratilgan, boshqa tomondan Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadigan tashabbusni qo‘ldan boy bermoqchi emas”, deydi manba.

Shu bilan birga, uning fikricha, g‘alla bo‘yicha kelishuvni qayta tiklash borasidagi taraqqiyot asosan G‘arbga bog‘liq bo‘ladi.

“G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi izolyatsiya va embargo masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishlari, BMT esa ularni bunga ishontirish uchun yanada qat’iy qadamlar tashlashi kerak. Bu yerda masala Bryusselda ko‘rilayotganidek, Rossiya burchagidan kengroqdir. Bu Ukrainaning Qora dengizdagi vaqtinchalik yo‘laklardan foydalanish rejalarini hisobga olgan holda NATO mamlakatlari ko‘magida Qora dengiz havzasi uchun minimal xavfsizlik masalasidir”, degan diplomatik doiralar vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 sentyabr kuni Sochida Putin bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan Erdo‘g‘an Anqara Qora dengiz g‘alla tashabbusini qayta boshlash uchun yangi tashabbuslar to‘plamini tayyorlagani va uning ijobiy ko‘rib chiqilishiga umid qilganini aytgandi. O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Moskva Istanbul kelishuvlari bo‘yicha unga berilgan va’dalar bajarilgan kundan boshlab bir necha kun ichida g‘alla bitimiga qaytishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sochi Putin BMT Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing