Turkiya sohillarida cho‘kkan kemada qaysi davlat fuqarolari bo‘lgani aytildi
Olam
−
17 yanvar 2021
11637Avvalroq, Turkiya shimolidashi Bartin viloyati yaqinida Qora dengizda Rossiyaning “Arvin” yuk kemasi cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kema ekipaji a’zolaridan ikki nafarining jasadi topilgan. Olti kishi qutqarilgan.
Mahalliy hokimiyat cho‘kib ketgan kemada 12 nafar Ukraina fuqarosi bo‘lganini ma’lum qildi.
Rossiya Dengiz va daryo transporti federal agentligi yuk kemasi bortida 12 kishi, jumladan 2 nafar rossiyalik bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi diplomatlar nima bo‘lganini batafsil ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Elchixona xodimlari cho‘kib ketgan kemada bo‘lgan fuqarolarga yordam berish uchun Bartin portiga yo‘l olgan.
Turkiya harbiy dengiz floti Qora dengizning falokat yuz bergan joyiga fregat jo‘natgan. Mahalliy hokimiyat kemaning cho‘kishiga noqulay ob-havo sharoitini sabab qilib ko‘rsatgan.
Shuningdek, kema operatori Ukrainaning Tesoro Marine kompaniyasi ekani aytilmoqda.
LiveBarchasi