Turkiya sohillarida Rossiya yuk kemasi cho‘kib ketdi

Olam

image

Rossiya bayrog‘i ostida harakatlanuvchi “Arvin” yuk kemasi Qora dengizda Turkiyaning Bartin provinsiyasi sohillarida cho‘kib ketdi.

Kemada taxminan 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Kemada 3 ta qutqaruv qayig‘i bo‘lgan. Viloyat gubernatori Sinan Gunerga ko‘ra, hozirda ularni qutqarish ishlari olib borilyapti.

Gubernator qidiruv-qutqaruvi ishlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyinlashayotganini aytgan.

“Interfaks” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kema ekipajining barcha a’zosi tirik qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing