XIX asrga oid sirli kema Kanada qirg‘oqlariga chiqib qoldi (video)

Bu qiziq

image

XIX asrga oid yog‘och kema korpusining katta qismi Kanadaning Nyufaundlend va Labrador provinsiyasi qirg‘oqlarida topildi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.

Cho‘kib ketgan kemaning sirli qoldiqlarini orolning janubi-g‘arbiy sohilidagi Keyp-Rey qishlog‘i yaqinida yashovchi 21 yoshli Gordon Blekmor payqab qolgan. 

Blekmorning ta’kidlashicha, joriy yilning 20 yanvar kuni ertalab u qush oviga chiqib, qirg‘oq yaqinidagi sohilda katta soya paydo bo‘lganini ko‘radi. Shundan buyon Keyp-Reyga qadimiy kema qoldiqlarini ko‘rish uchun tobora ko‘proq odamlar kela boshlaydi.

Nyufaundlend va Labrador kema halokatini muhofaza qilish jamiyati prezidenti Nil Burgess cho‘kib ketgan yelkanli kema 1800 yillarda qurilganiga ishonishini aytdi. U buni kema dizaynini tadqiq qilish bilan aniqlagan. Kema qoldig‘ining uzunligi taxminan 24 metrni tashkil qiladi.

Shuningdek, u yelkanli kemaning korpusi eman bo‘lib chiqsa, u Shimoliy Amerikadan tashqarida qurilgan bo‘lishini ham ta’kidladi. Mutaxassisning fikricha, kema vayronalari 2022 yil 24 sentyabrda hududni bosib o‘tgan Feona bo‘roni ortidan yuzaga chiqqan bo‘lishi mumkin. 

O‘rganish ishlari hali ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arktikada qariyb ikki asrlik kemalar topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kema Kanada XIX asr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing