Arktikada qariyb ikki asrlik kemalar topildi (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Arktika zonasida ikki asr oldin cho‘kib ketgan kemalar topildi. Bu haqda Kanadaning tabiiy va madaniy merosini himoya qilish va milliy darajada taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi agentligi (Parks Canada)ning hisobotida ma’lum qilindi.


Qayd etilishicha, 2023 yilda 5-19 sentyabr kunlari 12 kunlik ekspeditsiya davomida dengiz tubidan 1845 yilda Shimoli-g‘arbiy dovonni topish uchun Angliyani tark etgan va shu bo‘yi yo‘qolgan HMS Erebus va HMS Terror kemasi qoldiqlari topilgan. Oradan qariyb 5 oy o‘tib ekspeditsiya natijalari ochiqlandi.

Ma’lumot uchun, 1845 yil may oyida ser Jon Franklin boshchiligidagi ekspeditsiya Terror va Erebus kemalarida Angliyadan Shimoli-g‘arbiy dovonning Atlantikadan Tinch okeaniga olib boradigan o‘sha paytda noma’lum qismini topish uchun jo‘nab ketgan. Arktika zonasida cho‘kib ketgan 180 yoshli kemalar bortida 129 kishi bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida qidiruvlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib, kemalar bortidagi odamlarning taqdiri noma’lum qolayotgan edi.

Parks Canada suvosti arxeologiyasi guruhi HMS Erebus kemasi halokat hududida vayronalar maydoni bo‘ylab 68 ta sho‘ng‘ish o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avstriyalik simvolist rassom Gustav Klimtning “Yosh xonim Lizerning portreti” asari oxirgi marta Venada omma oldida namoyish etilganidan 99 yil o‘tib topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kema Kanada Arktika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing