Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari Anqarada uchrashdi

Olam

image

Bugun, 25 may kuni Turkiya poytaxti Anqaradagi Prezident majmuida Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tomonlar Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lish arizalarini muhokama qilgan. Turkiya delegatsiyasiga Prezident Matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat O‘nal boshchilik qilgan. 

Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri devonining Davlat kotibi Oskar Stenstryom va Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jukka Salovaara boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

Uch tomonlama uchrashuv oldidan Turkiya tomoni Shvetsiya va Finlyandiya vakillari bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan. Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv taxminan besh soat davom etgan.

Turkiya Prezidentining Matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya vaqti bilan soat 19:30 da muzokaralar so‘ng, bayonot berishi kutilmoqda.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala davlatga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.

18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdo‘g‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Anqara Finlyandiya va Shvetsiya

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing