Turkiya sayyohlar uchun yangi qoidalar joriy qilyapti

Olam

image

Turkiya Hukumati mamlakatga keluvchilar uchun yangi qoidalar ishlab chiqyapti. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Kojaning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilardan manfiy PZR-test natijasini ko‘rsatish talab qilinadi.

“Biz choralarni kuchaytiramiz. 28 dekabrdan havo yo‘li va 30 dekabrdan quruqlik hamda dengiz yo‘li orqali kelayotgan barcha yo‘lovchilar 72 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test taqdim qilishlari talab qilinadi”, degan vazir Twitter`dagi sahifasida.

U Turkiyada samolyotda sayohat qiluvchilar havo kemasiga chiqishidan oldin test natijasini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Aks holda mamlakatga kiritilmaydi. Mazkur choralar 2021 yil 1 martgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada pandemiya boshlangandan beri 2 118 255 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 19 371 nafari vafot etgan va 1 970 803 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing