Turkiya sayyohlar uchun chegaralarini yopmasligini ma’lum qildi
Olam
−
12 may 2020
2919Turkiya chet ellik sayyohlar uchun chegaralarini yopmoqchi emas. Bu haqda mamlakatning madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuriy Ersoy bayonot bilan chiqdi.
2020 yil yoz mavsumi boshlanishi bilan mamlakatda “Sog‘lom turizmni sertifikatlash” dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur transport, turar-joy xavfsizligi va turizm ishchilari va sayyohlarning sog‘lig‘ini ta’minlash bo‘yicha bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
“Turk xalqining mehmondo‘stligi to‘g‘risida maqola bor: “Biz qal’a eshigini yopmaymiz”. Biz har doim ushbu tamoyilga amal qilamiz va shunga asoslanib zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz”, dedi Ersoy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportlar, aviakompaniyalar, magistral yo‘llar va sayyohlik inshootlariga nisbatan individual yondashuv uchun ilmiy asoslangan pandemik protokollar va sertifikatlashtirish ishlari allaqachon ishlab chiqilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 139 771 nafarni tashkil etdi. Bemorlardan 95 780 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 3841 kishi olamdan o‘tgan. Ayni paytda 40 150 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.
LiveBarchasi