So‘m dollar va yevroga nisbatan qadrsizlanishda davom etyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 2 iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12 so‘m 40 tiyinga qimmatlashib, 8574 so‘m 74 tiyinga yetdi.

Yevro kursi esa 15 so‘m 80 tiyinga qimmatlashib, 9747 so‘m 76 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 49 tiyinga qimmatladi, 135 so‘m 83 tiyinga yetdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta kursi Markaziy bank

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing