Turkiya S-400 larni Ukrainaga beradimi? Anqaradan javob keldi

Olam

image

Turkiya AQSH yoki NATO bosimi ostida S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kechish masalasini muhokama qilmayapti. Bu haqda “Izvestiya” gazetasiga respublika mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir ma’lum qildi.

“Bu biz uchun muhokama qilinadigan mavzu emas. Ilgari biz bu masalani muhokama qilganmiz, endi esa [Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni] davom ettirmoqdamiz. Bundan voz kechish hatto muhokama qilinmaydi”, degan siyosatchi nashrga.

Uning qayd etishicha, Turkiya pozitsiyasi tinchlikni ta’minlash va Ukrainadagi mojaroga barham berishda o‘z aksini topadi.

“Men Turkiya bizning S-400 larimizdan voz kechib, ularni Ukrainaga topshirishi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Bu ularga nima uchun kerak? Bu komplekslar ular uchun ishlaydi, ular Patriot’dan yaxshiroq ishonchli tizimlardir. Turkiya Amerikaning yo‘rig‘iga yuradi deb o‘ylamayman”, degan Davlat Dumasi deputati Aleksey Chepa “Izvestiya” nashriga.

Avvalroq Pentagon AQSH Anqara bilan Turkiyaning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturiga qaytishi va sanksiyalarni bekor qilishi evaziga Kiyevga S-400 zenit-raketa komplekslarini yuborish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani tasdiqlangan edi.

Qayd etish kerakki, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi turish uchun AQSH va G‘arb davlatlaridan havo hujumidan mudofaa tizimlarini so‘rab kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1569

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing